Toshkent viloyatida xalqaro velosport musobaqasi oʻtkaziladi

    Transport 10 May 2023 1892

    Velosportning shosse turi boʻyicha “Oqtosh-Chorbogʻ Mountain“ xalqaro musobaqasi oʻtkazilishi munosabati bilan joriy yilning 10-11-13-14-may kunlari soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Toshkent viloyatining Boʻstonliq va Yuqorichirchiq tumanlaridan oʻtgan avtomobil yoʻllari vaqtinchalik yopiladi.

    Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

    Xususan, 10-may kuni Boʻstonliq tumani hududidan oʻtgan 4P10 Chorbogʻ suv ombori halqa yoʻli avtomobil yoʻlining 80−70 kilometri (Chorbogʻ suv ombori koʻprigi) oraligʻida harakat cheklanadi.

    11-may kuni esa quyidagi koʻchalar toʻliq yopiladi:

    • Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 Bektemir-Chorbogʻ qoʻrgʻoni avtomobil yoʻlining 54-kilometridan (Gʻazalkent shahriga kirish) 75-kilometrigacha (“Bochka” ovqatlanish joylari) boʻlgan yoʻl;
    • 4P6 Toshkent shahri-Chirchiq shahri-Chimyon avtomobil yoʻlining 52-kilometridan (Gʻazalkent futbol oʻyingohi) 56-kilometr (Glavasoy qishlogʻiga chiqish joyi) oraliqlari;
    • 4P10 “Chorbogʻ suv ombori halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 80−82-kilometr oraliqlari (Chorboʻgʻ suv ombori koʻprigi va “eski bochka” oraliqlari).

    13-mayda Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 Bektemir-Chorbogʻ qoʻrgʻoni avtomobil yoʻlining 34-kilometridan (Chirchiq shahriga kirish koʻprigi) 54-kilometriga (Gʻazalkent shahriga kirish) boʻlgan masofa yopiladi.

    14-may kuni esa quyidagi yoʻllarda harakatlanish toʻliq cheklanadi:

    • Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 Bektemir-Chorbogʻ qoʻrgʻoni avtomobil yoʻlining 17-kilometridan (Yangi Oʻzbekiston bogʻi atrofi) 75-kilometrigacha (“Bochka” ovqatlanish joylari) boʻlgan yoʻl
    • 4P6 Toshkent shahri-Chirchiq shahri-Chimyon avtomobil yoʻlining 56-kilometridan (Glavasoy qishlogʻiga chiqish joyi) 72-kilometrigacha (Amirsoy dam olish maskani) boʻlgan yoʻl oraliqlari
    • 4P10 Chorbogʻ suv ombori halqa yoʻli avtomobil yoʻlining 80−82-kilometr oraliqlari (Chorboʻgʻ suv ombori koʻprigi va “eski bochka” oraliqlari)da.