Mazkur qaror bilan Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi hamda “International School of Finance Technology and Science” masʼuliyati cheklangan jamiyatining International School of Finance and Technology (ISFT) universitetini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullanishi mumkin.

Loyihaga koʻra:

universitet masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi, mustaqil balansiga ega, ixtiyorida boʻlgan pul mablagʻlari va mol-mulki bilan oʻz majburiyatlari doirasida javob beradi;

universitetda oʻquv-metodik rahbarlik va taʼlim jarayonining olib borilishi tuziladigan bitimlar asosida yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ham taʼminlanadi;

universitetda taʼlim jarayoni Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim davlat taʼlim standartlari hisobga olinib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda xorijiy tajribaga muvofiq ishlab chiqilgan malaka talablari, oʻquv reja va fan dasturlari asosida amalga oshiriladi;

universitetda oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasida amalda mavjud taʼlim shakllarida oʻzbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi;

universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasining oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi diplomi beriladi;

universitet Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Salor” shaharcha fuqarolar yigʻini, Oliygoh koʻchasi, 2-uy manzilida tashkil etiladi.