Tadbirda “Beeanz Inc.” kompaniyasi Bosh direktori Tsutomi Uchiyama, mazkur kompaniya maslahatchisi Daisuke Nakamura va “Gakko plus” kompaniyasi rahbari Masayya Vashizu ishtirok etdi.
Samimiy ruhda oʻtgan uchrashuvda Toshkent viloyati hamda Yaponiyaning “Beeanz Inc” kompaniyasi oʻrtasida IT-akademiyasi bunyod etish borasida kelishuvlar imzolandi.
Kelishuvga koʻra, mazkur Akademiyada oʻqish muddati 10 oyni tashkil etadi. Unda haftasiga 5 kun videodarslar boʻlib oʻtadi. Shuningdek, haftaning har juma kuni yapon mutaxassisi va tarjimon yordamida savol-javob oʻtkaziladi.
HTML/CSS/JavaScript/PHP/Python dasturlash tillari oʻrgatiladigan Akademiyada umumiy dars soatlari 260 soat etib belgilangan.