Toshkent viloyatida zilzila boʻldi. Epimarkazi Oʻrtachirchiq tumani

    Bugun, 19-oktyabr kuni Oʻzbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 01:32 da zilzila sodir boʻldi.

    Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

    Epitsentr: Toshkent viloyat, Oʻrtachirchiq tumani.

    Zilzila koordinatalari: 41,03 gradus shimoliy kenglik; 69,39 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 30 km janubiy-sharqda.

    Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:

    Nurafshon shahrida 2 ball, 4 km. Oʻrta Chirchiq tumanida 2 ball, 8 km.