Jumladan, Oʻrta Chirchiq tumanidagi 3, 54-sonli maktablar, Boʻka tumanidagi 2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi, Chirchiq shahridagi 8, 9-sonli, Piskent tumanidagi 36-sonli, Parkent tumanidagi 22,51-sonli, Toshkent tumanidagi 9,12,17,18-sonli hamda Olmaliq shahridagi 17-maktab, Nurafshon shahridagi 1-sonli maktablar oʻqish jarayonlarini toʻliq onlayn rejimda olib borishayapti.

Shuningdek, Oʻrta Chirchiq tumanidagi 50-sonli umumtaʼlim maktabining 3 ta sinfi, Boʻka tumanining 6-maktabning 8 ta sinfi va 15-maktabning ham 1 ta sinf, Zangiota tumanidagi 34 sonli umumtaʼlim maktabining 3 ta sinflari karantin rejimiga oʻtkazilgan.

Mazkur maktablarning 30 nafar oʻquvchilari hamda 25 nafar oʻqituvchilarda “Covid 19» kasalligi borligi aniqlangan.