Reyd davomida bir qancha issiqxonalarda atrof-muhitga zararli tashlamalar chiqarish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlandi.

Xususan, Toshkent viloyati Toshkent tumani “Hasanboy guzari” MFY hamda Qibray tumani “Parvoz” MFY dagi issiqxonalar qozonxonasiga filtr oʻrnatilmaganligi maʼlum boʻldi.

Holatlar yuzasidan issiqxonalarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Oʻrganish davom etmoqda.