Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent viloyati, Olmaliq shahar, Chambil MFYda obodonlantirish ishlari olib borilayotgan vaqtda hududdagi yer osti oʻrta bosimli gaz quvuriga shikast yetkazilgan.

Shu sababli, Olmaliq shahrining Hamza, Ibn Sino, Toshkent, A.Qahhor, A.Avloniy, Yangihayot, Musa Jalil, Chambil, I.Karimov va Hilol MFYlardagi 5278 ta koʻp qavatli xonadonlar, 1024 ta hovli uyli xonadonlar hamda 52 ta ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatildi. 

"Hozirda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda va nosozlik bartaraf etilgach, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi", deyiladi xabarda.