Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Toshkent viloyatida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanayotgan 19 ta korxonaga "Toshshahartransxizmat" AJdan olib kelingan kichik sigʻimli "Isuzu" rusumli 160 dona avtobuslar berilgan.
Hozirda ushbu avtobuslardan 105 tasi yoʻnalishlarga joylashtirish natijasida jamoat transporti bilan qamrab olinmagan 25 ta yoʻnalishda 110 ta aholi yashash punktida avtobuslar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.