Gap shundaki, «Toshkent-Moskva» reysi boʻyicha parvozga shaylangan fuqarolardan biri bojxonadan yashil yoʻlak orqali harakatlanar ekan, uning bezovtalanishi bojxonachilarning diqqatini tortdi. Unga tegishli bagajlar belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganida esa, shubhalar oʻz tasdigʻini topdi.
Qarangki, ushbu shaxs bojxona xodimlarining ogʻzaki soʻrovida va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida maʼlum qilmasdan turib, taqir toʻgarakbosh, gekkoncha, kaltekasak kabi 35 bosh noyob jonzotlarni tirik holatda tamaki qutilari ichiga joylagancha olib chiqayotgan vaqtida toʻxtatib qolindi.
Bundan tashqari shu kabi jonzotlarning 14 tasi spirtda qotirilgan holatda, shuningdek 16 dona kaltakesak dumi, 1 dona ondatra dumi va 2 bosh oʻlik holatdagi chipor ilon ham olib chiqib ketilayotgani maʼlum boʻldi.
Mazkur sudralib yuruvchi hayvonlar asosan Fargʻona vodiysida tabiatdan ajratib olingan, lekin yoʻlovchi ularni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketish huquqini beruvchi hujjatlarni bojxona xodimlariga taqdim qila olmadi.