Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida Buxoroga qiziqish katta

    "Ipak yo‘lida turizm- 2022" Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida Buxoro viloyati hozirga qadar turistik kompaniyalar, mehmonxona, muzey va restoranlar, turistik zonalar yo‘nalishida 700 dan ortiq shartnomalar imzoladi.

    Ma’lumki, joriy yilning 30 noyabr-2 dekabr kunlari "Ipak yo‘lida turizm" 2022 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

    Unda Buxoro viloyatidan 100 ga yaqin mehmonxona, 30 dan ortiq turistik kompaniyalar va Buxoroda faoliyat yuritib kelayotgan qator ovqatlanish shaxobchalari, dam olish maskanlari va muzeylar ishtirok etmoqda.

    Hozirga qadar ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha 700 dan ortiq shartnomalar imzolandi. Xususan, Rossiya, Indoneziya, AQSH, Isroil, Malayziya kabi davlatlar bilan ham kelishuv va shartnomalarga erishildi.

    Ayni dam Buxoro Davlat muzey-qo‘riqxonasi tomonidan o‘zaro, ham respublika, ham xorijiy davlatlar tashkilotlari bilan 257 ta shartnoma imzolandi.