«Toshkent-Xojikent-Toshkent» shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi bekor qilinadi!

    Transport 10 May 2022 1709

    «Toshkent-Xojikent-Toshkent» yoʻnalishida harakatlanadigan shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilinadi!

    2022-yil 10-may soat 08:30 dan 11-may soat 06:30 ga qadar “Toshkent MTU” UK yoʻlsozlari tomonidan “Toshkent-Xojikent” yoʻnalishida kapital taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.

    Poyezdlar harakat xavfsizligi hamda yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida, 2022-yil 10-mayda «Toshkent-Xojikent-Toshkent» yoʻnalishida harakatlanadigan 6429, 6430, 6435, 6436, 6437, 6441 hamda 11-mayda ushbu yoʻnalishda harakatlanadigan 6442, 6440-sonli shaharlararo yoʻlovchi poyezdlar qatnovi bekor qilinadi.

    11-may soat 06:30 dan boshlab, ushbu shaharlararo harakatlanadigan elektropoyezdlar oʻz harakat jadvali boʻyicha qatnovini amalga oshiradi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati “Oʼztemiryoʼlyoʼlovchi” AJ maʼlumotiga tayanib.

    Shuningdek xabar orqali “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ rahbariyati noqulaylik uchun yoʻlovchilardan uzr soʻrashi maʼlum qilingan.