Holat boʻyicha “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati maʼlumot berdi
Maʼlum boʻlishicha, mazkur holat boʻyicha, “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining masʼullari tomonidan tezkor tekshiruv-surishtiruv ishlari oʻtkazilganda, shu yilning 10-sentyabr kuni kech soat 18:30 larda “1-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi, “King Long” rusumli, davlat raqami 01|823 LKA boʻlgan, 93-sonli avtobus yoʻnalishi haydovchisi R.O tomonidan yordamlashish uchun ishga jalb qilingan Sherali ismli fuqaro va yoʻlovchi oʻrtasida sodir boʻlgan.
Holatga aniqlik kiritish maqsadida, avtobusga oʻrnatilgan videokuzatuv kameralaridagi yozuvlar tekshirilganda yoʻlovchi mast holatda avtobusda harakatlanganligi, jamoat transportida yurish qoidasiga va madaniyatiga amal qilmay, avtobus salonidagi boshqa yoʻlovchilar, shu jumladan ayol yoʻlovchiga qoʻpollik qilganligi sababli, avtobus haydovchisining tanishi boʻlgan Sherali ismli fuqaro tomonidan avtobusdan tushirib yuborilgan va avtobus tashqarisida oʻzaro kelishmovchilik kelib chiqqan.
Hozirda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, oʻzaro janjallashib, jamoat tartibini buzganligi uchun haydovchiga yordamchi sifatida harakatlangan Sherali ismli fuqaro va mast holatda harakatlangan yoʻlovchining xatti-harakatiga huquqiy baho berish maqsadida, Ichki ishlar organlariga taqdimnoma kiritilgan.