Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.Gʻ. fuqaro D.S.ni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborishi va u yerda ish bilan taʼminlashi evaziga tanishi A.A. orqali 20 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.