Universitetning kiber jamoasi a'lo natijalarni ko'rsatib, Dota 2 yo'nalishi bo'yicha g'alabani qo'lga kiritdi. Jamoa CS:GO bo'yicha ikkinchi va PUBG Mobile bo'yicha uchinchi o'rin sohibi bo'ldi.
“University Cyber Cup” kiber musobaqasi Toshkent shahrida joylashgan oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida o'tkazildi. Ishtirokchilar Dota 2, CS:GO va PUBG Mobile o'yinlarida o'z kuchlarini sinab ko'rishdi. Mazkur tadbir O'zbekiston Kibersport Uyushmasi, Milliy Olimpiya Qo'mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish, Innovasion rivojlanish vazirliklari, O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi hamda O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi ko'magida tashkil etildi. Musoboqaning sovrin jamg'armasi 100 million so'mni tashkil etdi. Unda 400 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi.