2023-yil 27-aprel kuni soat 13:40 larda “KamAZ”, Isuzi, Howo, “ZIL” rusumli yuk avtomashinalari hamda Lacetti, Tracker 2, Nexia 3, Epica, 2 ta Cobalt, 2 ta Spark avtomashinalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi, deya xabar beradi Toshkent shahar IIBB YHXB.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, YTH sababi - “KamAZ” rusumli avtoulov haydovchisi chorrahaga yaqinlashayotgan vaqtda tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelgan.
Yoʻl-transport hodisasi natijasida Cobalt rusumli avtomashina yoʻlovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga olib borilgan va birinchi yordam koʻrsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.