Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning “Yuz.uz”ga maʼlum qilishicha, 17 shu yilning 17-yanvar kuni soat taxminan 22:40 larda Qoʻyliq yoʻlining Turon—Doʻstlik yoʻnalishida harakatlanayotgan elektropoyezd “Olmos“ bekatiga kirib kelayotganda yigit oʻzini uning ostiga tashlagan.
Maʼlumotlarga koʻra, bekatda xizmat olib borayotgan metropoliten xodimlari tomonidan tezkorlik bilan yigit vagon tagidan tirik holda olib chiqilgan va shifoxonaga olib borilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.