Oʻzenergoinspeksiya Toshkent viloyatidagi ikki avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi oʻz kamchiliklarini bartaraf etguniga qadar birja savdolarida qatnasholmasligini maʼlum qildi.
Xabar berilishicha, Chirchiq shahrida joylashgan “N.R.S.” MCHJga qarashli AYOQSHdan olingan AI-95 rusumli benzin namunasi laboratoriya tahlillarida sifatsiz ekani aniqlandi.
Shuningdek, Boʻstonliq tumanida joylashgan “D.” MCHJga qarashli AYOQSHda ham xuddi shu kabi holat aniqlandi. Shu bilan birga qoidalarga zid ravishda nostandart yelim idishlarga benzin sotayotgani ham oshkor boʻlib qoldi.
«Hozirda ushbu AYOQSHlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ularning birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi, deyiladi xabarda.