Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasining Toshkent vaqti bilan soat 03:45 da parvoz qilishi rejalashtirilgan SU1871 (Toshkent — Moskva) reysi texnik sabablarga koʻra nomaʼlum muddatga kechiktirildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ maʼlum qildi.

Ayni paytda parvoz kechikish vaqti 6 soatdan oshmoqda.

Aviakompaniya tomonidan reys yoʻlovchilarini mehmonxonaga joylashtirish tashkillashtirilgan.

Parvoz jadvaliga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni aviatashuvchidan, shuningdek, “Uzbekistan Airports” rasmiy sayti va mobil ilovasi orqali xabardor etilishi aytildi.