Toshkentda AQSh bilan hamkorlikda qo‘shma universitet tashkil etilishi mumkin

    Loyihaga muvofiq, AQShda innovatsiyalar yo‘nalishida birinchi raqamli Arizona davlat universiteti bilan hamkorlik o‘rnatish va o‘zaro hamkorlikda o‘quv hamda tadqiqot dasturlarini tashkil qilish ko‘zda tutilgan.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov «Sintana Education Company» kompaniyasining mintaqaviy ijrochi direktori Chari Bagchiogluni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda AQSH bilan hamkorlikda qo‘shma universitet tashkil etish loyihasini muhokama qildilar.

    Ushbu loyihaga muvofiq, AQSHda innovatsiyalar yo‘nalishida birinchi raqamli Arizona davlat universiteti bilan hamkorlik o‘rnatish va o‘zaro hamkorlikda o‘quv hamda tadqiqot dasturlarini tashkil qilish ko‘zda tutilgan.