Hodisa yuzasidan oʻtkazilgan dastlabki surishtiruv harakatlari natijalariga koʻra, haydovchi I.A. avtobusni boshqarib kelib temiryoʻl kesishmasida toʻxtagan va boshqa transport vositalari bilan birga harakatni boshlab, temiryoʻl kesishmasidan harakatlanib oʻtayotgan vaqtida teplovoz avtobusning orqa oʻng tomon kuzov qismiga kelib urilgan.
“Toshshahartransxizmat” holat yuzasidan bildirgan munosabatida teplovoz tartibga solinmagan temir yoʻl kesishmasidan harakatlanib oʻtishidan avval yoʻnalish boʻylab transport vositalarini toʻxtatib turuvchi temir yoʻl nazoratchi xodimi voqea joyida boʻlmagani sababli transport vositalarini toʻxtatish choralari koʻrilmagan.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” holatga izoh berishicha, “Oʻzbekiston” lokomotiv deposiga qarashli boʻlgan TEM2-1959 rusumli teplovozi avtomobil yoʻli bilan kesishgan temir yoʻl izidan meʼyoriy tezlikni saqlab, hushyorlikni yoʻqotmasdan, ogohlantiruvchi signal ishlatib kelayotgan vaqtda Qumariq—Aeroport yoʻnalishdagi yoʻlovchi avtobusi avtomobil yoʻliga oʻrnatilgan yoʻl belgilariga (Stop) rioya qilmagan holda harakatni davom ettirgan.
Oqibatda lokomotiv va avtobus oʻrtasida yoʻl-transport hodisasi roʻy bergan.