Joriy yilning 3-iyun kuni taxminan soat 09:45 larda 42-yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus salonida yo‘lovchi – 1978-yilda tug‘ilgan T.S. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyida bo‘la turib uyatsiz harakatlar sodir etgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu fuqaro ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB tomonidan T.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”), 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan. Sud tomonidan ushbu shaxsga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.