Gibrid formatda xorijiy ishtirokchilarni onlayn tarzda jalb qilgan holda tashkil etilgan axborot xavfsizligi masalalari boʻyicha muloqot Hamdoʻstlik mamlakatlarining 60 dan ziyod yetakchi ekspertni jamladi.

Unda nafaqat xalqaro tashkilotlar va MDH mamlakatlari yetakchi tahliliy markazlarining vakillari, balki tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ham ishtirok etmoqda.

Forum doirasida 4 ta shoʻba yoʻnalishida quyidagi mavzular qamrab olingan:

raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida axborot xavfsizligini taʼminlash;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda jinoyatlarga qarshi kurashish;

axborot infratuzilmasi obyektlarini texnik himoya qilish va kiberjinoyatlarni tergov qilish;

axborot muhitida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish.