Toshkentda B2B formatida “Tashkent Travel Mart-2024” xalqaro sayyohlik koʻrgazmasi oʻtkaziladi

    Turizm 22 Oktabr 2024 480

    2024-yil 29-30-oktyabr kunlari “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida Turizm qoʻmitasi koʻmagida “Tashkent Travel Mart-2024” xalqaro B2B sayyohlik koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

    Tadbir mintaqada biznes aloqalarini oʻrnatish va oʻzaro tajriba almashish uchun asosiy platformaga aylanadi.

    Tadbir Markaziy Osiyo, Misr, BAA, Malayziya, Gruziya, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlardan 60 dan ortiq turistik kompaniyalarni toʻplab, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Tojikistonning turizm bozorlaridan 600 dan ortiq tashrif buyuruvchilarni jalb etadi.

    Oʻzbekiston Xususiy turizm tashkilotlari assotsiatsiyasi (XTTA) tomonidan oʻtkazilayotgan TTM-2024 doirasida B2B formatida “TRAVELHUB Uzbekistan” konferensiyasi va ishbilarmonlik uchrashuvlari boʻlib oʻtadi, unda butun dunyo sayyohlik kompaniyalari qoʻshma loyihalarni va biznesni rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni koʻrib chiqadilar, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.