U 2019–2020-yillarda internet tarmog‘idagi Telegram kanalida fuqarolarga 3 mln AQSh dollari miqdoridagi kriptoaktivlar ko‘rinishidagi mablag‘larni ayirboshlash orqali xorijiy davlatlar fuqarolari bilan chet el valyutasini o‘tkazib kelgani, “Bitcoin” oldi-sotdisi bilan litsenziyasiz shug‘ullanganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish)  va 190-moddasi (Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.