Nashrda oziq-ovqat mahsulotlari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalariga bag‘ishlangan «Uz Food 2023» xalqaro ko‘rgazmasi tadbirlari 28-30 mart kunlari Toshkent shahridagi «O‘zbekiston ko‘rgazma markazi» majmuasida bo‘lib o‘tishi xabar qilingan.

«Iteca Exhibitions» xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi ushbu xalqaro tadbir munosabati bilan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazdi, - deyiladi materialda. -Tashkilotchilarga ko‘ra, ko‘rgazmada tadbirlarida 28 davlatdan  280dan ortiq kompaniyalar  o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

“Alharir.info” veb-saytining yozishicha, «Uz Food 2023» xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston, Avstriya, Ozarbayjon, Belarus, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Litva va Malayziya kompaniyalari yirik  stendlar bilan qatnashishni rejalashtirgan.