Xususan, poytaxtning asosiy va bosh archasi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida joylashtirildi.
Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, ishchi guruh shaharning bosh archasini oʻrnatish ishlari jadal olib borilayotgan maydonni koʻzdan kechirdi. Konstruksiyani oʻrnatish jarayonini shaxsan kuzatib, ishlatilayotgan materiallar sifatini baholadi va masʼul mutaxassislar bilan ishlarni yakunlashning asosiy bosqichlarini muhokama qildi.
Bosh archa shahar aholisi va mehmonlarini oʻziga jalb etib, shinamlik va sehrli muhit yaratadigan bayram tadbirlarining markaziga aylanadi.
Bosh archaning balandligi 35 metr boʻlib, uning atrofida 4 ta 8 metr balandlikdagi kichik archalar mavjud. Bitta ulkan archa va 4 ta kichik archa uchun 33 ming dona oʻyinchoq ilib chiqilgan. Archalar 14 ming metr chiroqlar bilan bezatilgan. Maydonda 300 ga yaqin qoʻshimcha dekorativ elementlar ham bor.
Tadbirlarni barcha aholi uchun xavfsiz va qulay tarzda tashkil etish muhimligi taʼkidlandi. Xavfsizlik choralarini kuchaytirish, shuningdek, dam olish va koʻngilochar hududga erkin kirishni taʼminlash rejalashtirilmoqda.