“Millar“ dasturida aytilishicha, poytaxtda kuzatilgan kuchli shamol oqibatida daraxt fuqaroning ustiga qulab tushgan va fuqaro vafot etgan. Shifokorlarning taʼkidlashicha, shifoxonaga daraxt bosib qolgan ikki nafar bemor olib kelingan.
Ulardan biri ogʻir ahvolda olib kelingan va shifoxona qabulxonasida vafot etgan. Ikkinchi bemorimizda bosh-miya jarohati mavjud. Uzoq muddatli jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. Hozirda bemorning ahvoli stabil-ogʻir, reanimatsiya boʻlimida davolanmoqda, — deydi shifokor.
Maʼlumot uchun, 23-may, juma kuni tonggida poytaxtda kuchli changli shamol kuzatilgandi. Shuningdek, Toshkent shahrida 17-may kuni tushdan keyin chang boʻroni kuzatilgan edi.








