Bugun, 13-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchirildi:
Yashnobod tumanining: Yangilik, Muruvvat koʻchalari, Asalobod hamda “Tuzel” 2-mavzelari, Darxon, Ilgʻor shox, Ilgʻor 2-berk, Mirishkor koʻchalarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;
Sergeli tumanining: “Soʻgʻdiyona”, “Noʻgʻayqoʻrgʻon” hamda “Belariq” MFYlarining qisman hududlarida soat 13:00 gacha;
Mirobod tumanining: Shahrisabz koʻchasidagi 38 koʻp qavatli turar joy binosida soat 17:00 gacha;
Chilonzor tumanining: Dilxush, Goʻzal hamda Qizil sharq koʻchalari hududida soat 18:00 gacha;
Yakkasaroy tumanining: A. Qahhor, 15-31, 4-, 5-tor, Humo, Damariq 1-, 2-tor, Glinka koʻchalarining ayrim hududlarida hamda Kichik halqa yoʻli, “Qushbegi” dahasining ayrim hududlarida soat 18:00 gacha;
Yunusobod tumanining: Kulol qoʻrgʻon koʻchasining ayrim hududlarida soat 18:00 gacha.
Toshkent shahar filiali xabariga koʻra, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish maqsadida mazkur choralar koʻrilmoqda.
Yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirilgan.