Suhbat davomida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama etildi. Nikolay Podguzov Oʻzbekiston mintaqadagi Bankning asosiy hamkorlaridan biri boʻlib qolayotganini taʼkidladi va yaqin vaqt ichida bir qator yirik davlatlar aksiyadorlar tarkibiga qoʻshilishini maʼlum qildi.
Umumiy qiymati 3,3 milliard dollarga teng boʻlgan bir qator qoʻshma loyihalarni ishga tushirish boʻyicha kelishuvga erishildi, shu jumladan joriy yilda 5 ta no-suveren loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, shu yilning oxirigacha Toshkentda YOTBning mamlakat idorasini ochish rejalashtirilgan, bu esa ustuvor loyihalarni moliyalashtirishni tezlashtirish va hamkorlikni yaxshilash imkonini beradi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.