Qayd etilishicha, hokim yordamchisi M.F. 20 nafar fuqarolarga elektron tarzda bergan tavsiyanomalariga asosan, qabul qilib olgan elektron kalitlardan foydalangan holda jami 427,7 mln. soʻmlik kredit mablagʻlarini qoʻlga kiritib, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, jumladan ehtiyojmand oila aʼzolarining hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va boshqa turdagi faoliyati yoʻlga qoʻyilishini tashkillashtirmasdan, oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Shuningdek, M.F. oʻzining qarindoshlari va boshqa 5 nafar fuqarolarga mahalla hududida yashamagan boʻlsada, qalbaki tavsiyanomalar orqali jami 207,7 mln. soʻm miqdoridagi kredit mablagʻlari ajratilishiga erishib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a“ bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









