Qayd etilishicha, Mirzo Ulugʻbek tumani Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida haydovchi 1965-yilda tugʻilgan O.S. “GAZ-32221” rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib yoʻlning belgilanmagan joyidan kesib oʻtayotgan piyoda 1993-yilda tugʻilgan D.T.ni urib yuborgan. Soʻngra rul boshqaruvini yoʻqotib, haydovchi 1990-yilda tugʻilgan Z.Z. boshqaruvidagi “BYD” rusumli avtomashinasiga toʻqnashgan. Toʻqnashuv zarbidan soʻng “BYD” avtomashinasi, haydovchi 1954-yilda tugʻilgan R.T. boshqaruvidagi Matiz “Matiz” rusumli avtomashinasi bilan toʻqnashgan.
Maʼlumotlarga koʻra, yoʻl transport hodisasi oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.