Forum Toshkentdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida tashkil etildi. Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, IDC vitse-prezidenti Andrey Beklemishev va bir qator tajribali ekspertlar qatnashdi.
Forum davlat va jamiyat o'rtasida qanday muloqot o'rnatish, IDCning so'nggi tadqiqotlari va yetakchi xalqaro IT sotuvchilar qarashlari bilan yaxshi tanishish, bundan tashqari, o'zaro tajriba almashishda noyob platformadir.
Forum davomida IDC tahlilchilari noaniqlik davrida kelajak korxonasini qanday qurish haqidagi tajribalari bilan o'rtoqlashishdi. Shuningdek, texnologik strategiyalar, infratuzilma, kiberxavfsizlik va IT mutaxassislarning yetishmasligi masalalari ham ko'rib chiqilib, birgalikda muhokama qilindi.