Ushbu Bayonnoma Turkiya Respublikasi Prezidenti administratsiyasining Inson resurslarini boshqarish ofisi bilan imzolanib, Toshkent shahrida “Istanbul” texnoparkining “TALENT HUB” inkubatsiya markazini tashkil etishni, yangi texnologiyalar sohasida hamkorlikni kengaytirish, ilmiy texnoparklar va inkubatorlar tashkil etish, ularni rivojlantirish va boshqarishni nazarda tutadi.
Bayonnomaning imzolash marosimida Toshkent shahrida “Istanbul” texnoparkining “TALENT HUB” inkubatsiya markazini va keyingi bosqichda “Istanbul” texnoparkining filialini ochish masalalari muhokama qilinib, amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirib olindi.
Ushbu Loyiha sogʻliqni saqlash, vaksinatsiya, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat, qurilish, aloqa va kommunikatsiya sohalarida, mudofaa sohasida samolyotlarni yaratish, yangi texnologiyalar, turli sohalardagi tadqiqotlar va boshqalarda keng texnologik yoʻnalishlarni birlashtirishi taʼkidlandi.
Hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish qoʻshma dasturlarini tashkil etish, tajriba almashish va malaka oshirish uchun mustahkam platforma yaratishga imkon beradi, deb xabar beradi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.