Toshkentda iste'molchilarni elektr va issiqlik energiyasi bilan ta'minlovchi yangi loyiha amalga oshirilmoqda

    Loyiha to'liq ishga tushgach, 219 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinib, 40 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratiladi.

    Energetika vazirligi xabariga ko'ra, Toshkent IEMda investitsiya loyihasi doirasida ikkita gaz turbinasi qurilmalari bunyod etilmoqda. Ayni kunlarda gaz turbinasi ta'minot suvi va bug' quvurlari uchun metall konstruksiyali estakada o'rnatish ishlari davom etmoqda.

    Turkiyaning “Çalik enerji” kompaniyasi bosh pudratchiligi asosidagi mazkur loyihaning umumiy quvvati 64 MVtni tashkil etadi. Loyiha to'liq ishga tushgach, yiliga 515 mln kVt/soat elektr energiyasi, 630 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Natijada, 219 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinib, 40 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratiladi.