Toshkentda Italiya kompaniyalari ishtirokida “Zargarlik” seminari bo'lib o'tadi.
“O'zbekzargarsanoat” uyushmasi va “Expo Tour Group” xususiy korxonasi hamda Italiyaning zargarlik sohasiga aloqador kompaniyalari bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joriy yil 4-6 noyabr` kunlari “Le Grand Plaza”da(eski Tata mehmonxonasi) “1st Italian Technology Workshop by AFEMO” mavzusida Italiya zargarlik texnologiyalari va innovatsion asbob-uskunalariga bag'ishlangan seminar o'tkaziladi.
▫️Zargar hunarmandlarni seminarda ishtirok etishga taklif etamiz!
Ochilish marosimi 2021 yil 4 noyabr` kuni soat 11.00 .
Kirish erkin.