Mazkur sport inshootida suzish, sinxron suzish va suv polosi bo'yicha O'zbekiston terma jamoalari hamda aholi vakillari shug'ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Yopiq turdagi suv havzasining 1-qavatida 50x20 o'lchamdagi basseyn, sportchilar uchun oshxona, erkaklar va ayollar uchun sartaroshxona, 2-qavatida esa ma'muriyat xonalari va trenajyor zali joylashadi. 3-qavatda O'zbekiston terma jamoasi a'zolari uchun 40 o'rinli yotoqxona quriladi. Mazkur suv havzasi shu yil sentabr oyida to'liq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu zamonaviy suv havzasining ishga tushirilishi natijasida nafaqat poytaxt aholisining muntazam sport shug'ullanish ko'rsatkichi ortadi, balki 2025-yilda Toshkent shahrida bo'ladigan IV o'smirlar yozgi Osiyo o'yinlarini yuqori saviyada o'tkazish uchun yana bir muhim qadam tashlanadi. Zotan, bu kabi yirik kompleks musobaqalarni o'tkazish uchun mana shunday muhtasham sport majmualari zarur.