Toshkentda koʻp qavatli uyda 2,5 milliard soʻmlik elektr energiyasi noqonuniy ishlatilgan

    Poytaxtning Bektemir tumanida joylashgan koʻp qavatli uyda elektr qurilmalari tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib, milliardlab soʻmlik elektr energiyasi noqonuniy sarflangani aniqlandi.

    “Oʻzenergoinspeksiya”ning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbiri davomida “P. K. R.” MCHJ.ga tegishli uyda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.

    Elektr taʼminoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, mazkur qoidabuzarlik natijasida davlatga 2 milliard 543 million soʻm zarar yetkazilgan.

    Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.