Toshkentda mashinalar ustiga daraxt quladi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa 24-kvartalda eski daraxt yiqilib, mashinalarni bosib qolgani haqida xabarlar tarqaldi.

    Bu haqda Uchtepa tuman hokimligi munosabat bildirdi.

    Uchtepa tuman hokimining uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish va obodonlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Aziz Naimovning maʼlum qilishicha, haqiqatdan ham, Uchtepa tumani 24-kvartal 8-uy qarshisidagi yirik daraxt 3 ta yengil mashina ustiga qulab tushgan.

    Hodisa oqibatida mashinalarga va hududdagi bolalar maydonchasiga zarar yetgan. Qulab tushgan joy hudud obodonlashtirish xodimlari tomonidan tartibga keltirildi.