Gumonlanuvchi yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzib, transport vositasini katta tezlikda boshqargan va svetoforning taqiqlovchi chirogʻiga hamda yoʻl-patrul xizmati inspektorlarining toʻxtash haqidagi qonuniy talablariga boʻysunmagan.
Olingan maʼlumotga asosan transport vositasi Maxtumquli koʻchasi boʻylab Mirzo Ulugʻbek koʻchasidan “Yangi Oʻzbekiston bogʻi” tomonga harakatlanib ketayotgani aniqlangan.
Soat 09:45 larda Maxtumquli koʻchasidagi chorrahada Toshkent shahar IIBB YHXB inspektorlari tomonidan yoʻl toʻsilib, olib qochilgan transport vositasini toʻxtatish choralari koʻrilgan.
Biroq gumonlanuvchi YPX inspektorlarining qonuniy talablariga boʻysunmay, toʻxtashdan bosh tortgan hamda transport vositasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirib, yoʻlda qarama-qarshi harakatlangan.
Oqibatda 3 ta avtomashinaga qasddan texnik shikast yetkazib, ichki ishlar organi xodimlarining hayotiga xavf tugʻdirgan holda transport vositasini IIO xodimlari tarafga boshqarishda davom etgan.
Koʻrilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida, avtomashinani olib qochgan shaxs Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan ushlangan.
Jinoyat sodir etgan shaxsni ushlash jarayonida boshqa ogʻirroq oqibatlarni oldini olish maqsadida “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari asosida IIO xodimlari oʻzlariga biriktirilgan oʻqotar qurolni qoʻllaganlar. Qurolni qoʻllash jarayonida hech kimga shikast yetmagan.