Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi maʼlumotiga koʻra, “Kitobsevar millat” shiori ostida oʻtkazilayotgan mazkur haftalik Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi va hududiy axborot-kutubxona markazlarida boʻlib oʻtadi.

Haftalik doirasida, shuningdek, 2-4-noyabr kunlari poytaxtimizdagi “OʼZEKSPOMARKAZ” majmuasida «Tashkent Book Fest« III Toshkent xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasi tashkil etiladi.

Unda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga bagʻishlangan tadbirlar, xorijiy va mahalliy kitob mahsulotlari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimoti, yozuvchi, shoirlar hamda soha mutaxassislari bilan tashkil etiladigan davra suhbatlari, seminarlar, mahorat darslari va treninglar oʻtkazish rejalashtirilgan.