Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa shu yilning 03-yanvar kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani Choʻponota koʻchasida sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, 2003-yilda tugʻilgan haydovchi Sh.T. “Nexia-3” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida yoʻl chetidagi beton toʻsiqqa borib urilgan.
Yoʻl transport hodisasi oqibatida haydovchi tan jarohat olganligi sababli shifoxonaga murojaat qilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu yoʻl transport hodisasi natijasida haydovchining halok boʻlganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlar mutlaqo yolgʻon va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Ushbu xabar yuzasidan haydovchi bilan suhbatlashilganda, bu xabarni uning oʻzi va yaqinlari tomonidan tarqatilganligini maʼlum qildi.
Barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan meʼyorlardan oshirmasliklarini soʻraymiz, — deyiladi xabarda.