Yigʻilishda mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlash, aholi farovonligini yuksaltirish, tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash hamda barqaror rivojlanish yoʻlida demokratik islohotlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.
Soʻnggi yillarda Oliy Majlisning xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan aloqalari mustahkamlanib, Parlamentlararo ittifoq faoliyatidagi ishtiroki jadallashgani alohida qayd etildi.
Vatanimizning boy tarixi, madaniy merosi, zamonaviy taraqqiyoti haqidagi maʼruza va videorolik ishtirokchilar tomonidan olqishlar bilan qarshi olindi.
Kengash aʼzolari va xalqaro hamkorlar tomonidan Assambleyani yurtimizda oʻtkazish tashabbusi uchun minnatdorlik bildirildi. Ular Oʻzbekistonga tashrif buyurishni katta qiziqish bilan qabul qildilar, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.