Bu haqda Milliy Olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bir necha kun davom etgan murosasiz bellashuvlarda dunyoning 11 mamlakatidan tashrif buyurgan 20 nafardan ortiq mohir chavandoz gʻoliblik uchun bahs olib bordi.
Ushbu musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ikki dasturda oltin medallarni qoʻlga kiritdi. Kichik final dasturida Akbar Sharipov eng yaxshi natijani qayd etgan boʻlsa, Mirzohid Musayev katta final yoʻnalishida bosh sovringa ega chiqdi.
Kichik final, 115 sm (toʻsiq balandligi)
— Akbar Sharipov (Oʻzbekiston, “La Blue Rouge” laqabli otda)
— Kristi Neyr (Singapur, “La Luna”)
— Divan Bosman (JAR, “Queyen”)
Katta final, 120 sm:
— Mirzohid Musayev (Oʻzbekiston, “Casamira”)
— Gloriya Ieromazzo (Dominikan Respublikasi, “Jangcy L”)
— Viktoriya Greyvenshteyn (JAR, “Jodcasall A-Z”)