Toshkentda qaysi kasalxonalarda MSKT tekshiruvidan oʻtish mumkin?

    Salomatlik 15 Oktabr 2020 1052

    Barno Abdusamatova, koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi:

    — Pnevmoniya ilk aniqlangan davrda oʻpkada jarayon qanday kechayotganini bilish uchun MSKT yoki rentgen tekshiruvidan oʻtiladi. Davolanib boʻlgandan soʻng oʻpkada asorat qolgan yoki qolmaganini bilish uchun rentgen yoki MSKT tekshiruviga faqat shifokor tavsiyasi asosida tushishingiz lozim. Tez-tez rentgen yoki MSKT tekshiruvidan oʻtish sogʻliqqa zarar hisoblanadi.

    Toshkent shahrida quyidagi davlat tibbiy muassasalarida MSKT oʻtkaziladi:

    - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi,

    - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi,

    - Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi¸

    - Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi,

    - Travmatologiya va ortopediya ilmiy -amaliy tibbiyot markazi,

    - Respublika terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi,

    - TTA klinikasi,

    - Respublika nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi,

    - Toshkent shahar 4 –son klinik shifoxonasi,

    - shahar 1-bolalar klinik shifoxonasi,

    - shahar 2-bolalar klinik shifoxonasi,

    - Ibn Sino nomli shahar 1-son klinik shifoxonalari.

    SSV ning Toshkent shahrida COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalingan hamda gumon qilingan bemorlarni statsionar va ambulator sharoitda faol aniqlash, diagnostika, davolash va reabilitatsiya tadbirlari monitoringini yana-da takomillashtirish choralari toʻgʻrisidagi koʻrsatmasiga asosan, oʻrta ogʻir darajadagi (SrOr>9Z%, nafas olish tezligi >22, yurak urish tezligi 90-100 ta./daq) bemorlar shifokor tavsiyasi asosida biriktirilgan hududlar boʻyicha yuqoridagi tibbiyot muassasalarida MSKT tekshiruvidan oʻtkaziladi.

    Oʻpka toʻqimasining shikastlanishi 25-40% ni tashkil etgan holatda ushbu bemor maxsus saralash markaziga yuboriladi.