Butunjahon Daun sindromi kuni 21-martda nishonlanadi. Kun va oy patologiya vujudga kelishini timsoliy jihatdan aks ettiradi: mart oyi Daun sindromi 21 xromosoma (21 sana) trisomiya ekanligi (yilning uchinchi oyi).
Toshkentdagi festival tashkilotchilari keng jamoatchilik eʼtiborini Daun sindromli odamlarning imkoniyatlari va ularning jamiyat hayotida boshqalar bilan tengma-teng ishtirok etish huquqiga qaratish maqsadida butun mamlakatdagi “quyoshli bolalar” va ularning ota-onalarini yagona makonda birlashtirishga ahd qildilar. Ular boshqalarga oʻxshamaydi, lekin har biri albatta ochib berilishi va qoʻllab-quvvatlanishi kerak boʻlgan ulkan salohiyatga ega.
Festival dasturidan “quyoshli bolalar” va estradamiz yulduzlarining chiqishi, liboslar defilesi va mahorat darslari, gʻoyalar, tajriba va bilimlar almashinuvi oʻrin olgan. Ishtirokchilarning aytishicha, tadbir Daun sindromiga ega farzandini voyaga yetkazayotgan yosh ota-onalar uchun haqiqiy bayram va ragʻbat boʻldi.
Bunday tadbirlar Oʻzbekistonda inklyuziv jamiyatni shakllantirish, oʻziga xos bolalarning rivojlanishi uchun sharoit yaratish va ularni katta hayotda qoʻllab-quvvatlash zaruratini namoyish etadi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.