Uchrashuvda delegatsiyalar rahbarlari SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasida muvofiqlashtirilgan va samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan fikr almashadilar, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Tadbir yakunlari boʻyicha SHHTga aʼzo davlatlar tomonidan qishloq xoʻjaligi sohalarini rivojlantirishga qaratilgan qator muhim hujjatlarning tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda.

Maʼlumot uchun: SHHTga aʼzo davlatlar qishloq xoʻjaligi vazirlarining bundan oldingi majlisi 2021-yil 12-avgust kuni Tojikiston poytaxti - Dushanbe shahrida boʻlib oʻtgan edi.