Bu haqda Toshkent shahar IIBB maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu cheklovlar namozxonlarning xavfsiz harakatlanishini taʼminlash va masjidlar atrofida transport tirbandliklarining oldini olishga qaratilgan.

Mirzo Ulugʻbek tumani boʻyicha:

— Tepa masjidi — Doʻrmon yoʻli koʻchasidan Olimlar koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.

Bektemir tumani boʻyicha:

— Alibek masjidi — M.Avezov koʻchasidan X.Boyqaro koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.

Yashnobod tumani boʻyicha:

— Islomota masjidi — Fargʻona yoʻli koʻchasi ikkinchi darajali yoʻldan Zarkent va Obishir koʻchalariga qadar harakat cheklanadi.

— Ali ibn Abu Tolib masjidi — Choʻlpon koʻchasidan Salohiyat koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.

Mirobod tumani boʻyicha:

— Valixoʻja oʻgʻli Norxoʻja masjidi — Yangi-Qoʻyliq-Fayziobod koʻchalari kesishgan chorrahadan 5-tor Fayziobod koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.

— Qoʻyliq ota masjidi — TXAY — Qoʻyliq ota koʻchalari kesishgan chorrahadan Yangi Qoʻyliq tor koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.

Sergeli tumani boʻyicha:

— Maʼruf ota masjidi — Choshtepa koʻchasidan 1-tor Choshtepa koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.

— Noʻgʻay qoʻrgʻon masjidi — Yangi Sergeli–S.Xoʻjanov koʻchalari kesishmasidan — S.Xoʻjanov Mohidil koʻchalari kesishmasigacha qadar harakat cheklanadi.

Yakkasaroy tumani boʻyicha:

— Usmon bin Maʼzum masjidi — KXAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY-Qushbegi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

— Yakkasaroy masjidi — Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bogʻuboʻston chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

— Rakat masjidi — J.Shoshiy koʻchasidan Askiya koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.

Yangihayot tumani boʻyicha:

— Niyozmat ota masjidi — TXAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar harakat cheklanadi.

Shayxontohur tumani boʻyicha:

— Shayx Zayniddin (Koʻkcha) masjidi — Koʻkcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Koʻkcha Darvoza — Beshqayragʻoch chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

— Kamolon masjidi — Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-2-tor Ustazoda chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Olmazor tumani boʻyicha:

— Hazrati imom masjidi — Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy — A.Qodiriy chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

— Islomobod masjidi — KXAY-Sagʻbon chorrahasidan Nurafshon-Sagʻbon chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

— Doʻstjonboy (Sulola) masjidi — Sagʻbon-12-tor Sagʻbon chorrahasidan Keles yoʻli-Noraztepa chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Yunusobod tumani boʻyicha:

— Mirza Yusuf masjidi — Bogʻishamol koʻchasida Shivli koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani boʻyicha:

— Abdullox ibn Masʼud (Katta Qani) masjidi — Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa koʻchasi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

— Xazrati Ali masjidi — Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamaxshari koʻchasigacha qadar harakat cheklanadi.

Chilonzor tumani boʻyicha:

— Novza masjidi — Bunyodkor-Muqumiy koʻprigi tagidan 2-darajali yoʻl, Bunyodkor-Kamolon koʻprigiga qadar harakat cheklanadi.

— Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi — Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan Soʻgalliota koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.

— Ubay ibn Kaʼf (Boʻrijar) masjidi — Al-Xorazmiy-Katta Xirmontepa chorrahasidan, Al-Xorazmiy koʻchasi boʻylab, Al-Xorazmiy-Katta Qani chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.

Ushbu koʻchalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.

Fuqarolardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraldi.