Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 3-noyabr kuni 32 yoshli X.A. Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy koʻchasida voyaga yetmagan S.A.ga shahvoniy shilqimlik qilgan. Sudda X.A. oʻzining yuqorida koʻrsatib oʻtilgan holatdagi qilmishiga toʻliq iqrorligini, hozirda sodir etgan qilmishidan pushaymonligini, bu kabi harakatlarni boshqa sodir etmasligini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik jazo berishni soʻradi.

Sud hukmi bilan X.A. MJtKning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilsin va unga uzil-kesil 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Jazo oʻtalganidan soʻng huquqbuzardan Toshkent shahar IIBB Maʼmuriy tartibda qamoqqa olingan shaxslarni saqlash maxsus qamoqxonasi foydasiga qamalganlarni saqlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar uchun maʼmuriy qamoqning har bir sutkasi uchun BHMning 15 foizi miqdorida, 495 ming soʻm undirish belgilangan.