Oʻzbekistonda yangi koʻp funksiyali avtokompleks hamda eski avtomobillarni sotish va almashtirish uchun onlayn-marketpleys loyihasini amalga oshirish 150 dan ortiq ish oʻrnini yaratish imkonini beradi.
Koʻp funksiyali sotuv kompleksi avtomobillarni sotish va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ilgʻor jihozlarga ega zamonaviy markaz boʻladi. Marketpleys mijozlarga Trade-In dasturi boʻyicha xizmatlarni, shuningdek, turli brendlarning probegli avtomobil modellarini sotib olish imkonini beradi.
Qozogʻiston hukumat rahbarining Oʻzbekistonga tashrifi doirasida UzAuto qozogʻistonlik hamkorlar bilan umumiy qiymati 650 million dollardan ortiq boʻlgan shartnoma imzoladi. Bu nafaqat Qozogʻiston hududida, balki Oʻzbekistonda ham hamkorlikni sezilarli darajada kengaytiradi.
Eslatib oʻtamiz, UzAuto Qozogʻistonda avtomobillar, avtobuslar va qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish kabi bir qator yirik loyihalarni amalga oshirgan, deb xabar beradi “Oʻzavtosanoat” AJ matbuot xizmati.