Festivalda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 18 yoshdan 30 yoshgacha boʼlgan yoshlar jamoalari ishtirok etadi.
Festivalni oʼtkazishdan koʼzlangan maqsad – yosh avlodni sportga jalb qilish orqali sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, sport turlarini aholi orasida ommalashtirish va yanada rivojlantirish, musobaqalarni oʼtkazish orqali oʼsmirlar va yoshlarning irodasi, oʼz kuchi, imkoniyatiga boʼlgan ishonchini, mardlik hamda vatanparvarlik tuygʼularini oshirishdan iborat.
Musobaqalar sportning voleybol (oʼgʼil bolalar va qizlar), badminton, shaxmat, stol tennisi, kurash, qoʼl jangi, koʼcha sporti (Street Workout), koʼcha basketboli (Street Ball), armrestling, bahodirlar oʼyini, futbol hamda yengil atletikaning yugurish turlari boʼyicha tashkil etiladi.
“Yangi Oʼzbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida boʼlib oʼtadigan sport musobaqalari Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli sport-sogʼlomlashtirish kompleksi, yaʼni “Jar” sport majmuasida 28-29 iyunь kunlari oʼtkaziladi. Har bir ishtirokchi faqat bitta sport turida qatnashish huquqiga ega.
Musobaqada Toshkent shahridagi 12ta tuman vakillari har bir sport turidan bitta jamoa boʼlib qatnashishi mumkin. Talabnomalar Nizomga asosan 25 iyunь kuni soat 18:00ga qadar topshirilishi belgilangan.